Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {eshit} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: e-shit-moq
Izoh(lar)i:
eshit fl

1. 1. Tovushni eshitish a’zosi orqali qabul qilmoq; qulog‘iga kirmoq, chalinmoq. Kimningdir ingraganini eshitdi. Otning kishnaganini eshitdi. Saodatxonning oyoq sharpasini eshitib, sekin ko‘zlarini yumdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Otasining xurragini eshitib, ko‘ngli ravshan tortdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. 2. Diqqat-e’tibor bilan, ma’no, mazmunini ham anglash, o‘zlashtirish maqsadida quloq bermoq; tinglamoq. U Me’morning gaplarini e’tiroz bildirmay eshitar, bosh qimirlatib tasdiqlardi. Mirmuhsin, Me’mor
Uz umrimda ko‘p odamlarni ko‘rganman, ko‘plarning sarguzashtlarini eshitganman. S. Ahmad, Yulduz

3. 3. Xabar topmoq, xabardor bo‘lmoq, eshitib bilmoq. Doston bitibdi, deb eshitdik, og‘a. Qachon o‘qiysiz? S. Siyoyev, Yorug‘lik
Chang‘i saylini ham o‘zing o‘ylab topding. Bilarding, opang eshitib qolsa, adabingni berishini. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tinglamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.