Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {esankira} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: e-san-ki-ra-moq
Izoh(lar)i:
esankira fl

1. Dovdiramoq, gangimoq, sarosimaga tushmoq, sarosimada qolmoq; esini yo‘qotmoq. Qiyinchiliklar oldida esankiramaslik. Yutuqlardan esankiramoq. Ukasining mantiqi qarshisida Hakimboyvachcha ham esankirab qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
Imtihonda og‘ir savolga duch kelganday esankiradim. H. Nazir, Yonar daryo

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: gangimoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

2. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.