1. So‘z borayotgan paytdagi, vaqtdagi; shu paytga tegishli; hozirgi.
Men endi dunyodan o‘tayozgan bir kishi, endigi mansablarga uncha qiziqa olmayman.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. So‘z borayotgan paytdan keyin yoki o‘sha payt hozir bo‘ladigan; navbatdagi, bundan keyingisi.
Endigi xatni nihoyatda ehtiyot bilan, nusxaga qarab yozdirishni ko‘nglidan o‘tkazdi-da Sodiqqa dedi
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar