Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {e’tibor}
So‘z bo‘g‘inlari: e’-ti-bor
Izoh(lar)i:
e’tibor [e’-ti-bor ]

1. Biror kimsa yoki narsaga qaratilgan diqqat-nazar, fikr, yod. Otabek diqqat va e’tibor bilan qutidorni kuzatib, javob berdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. O‘zga tomonidan bo‘lgan hurmat hissi; qozonilgan hurmat; obro‘, nufuz. Nizomiddinning ko‘z oldida bu notanish odamning e’tibori yanada oshdi. Mirmuhsin,Me’mor

3. E’tibor (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ahamiyat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. e’tibor berdi: diqqat bilan qaradi

2. e’tibor qozonmoq: obro‘-hurmatga ega bo‘lmoq, yaxshi nom chiqarmoq.

3. e’tibor topmoq: obro‘-hurmatga ega bo‘lmoq, yaxshi nom chiqarmoq.

1. Ahamiyatli – e’tiborli – muhim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining keng-torligiga ko‘ra)

2. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

3. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajad ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.