Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {durust}
So‘z bo‘g‘inlari: du-rust
Izoh(lar)i:
durust sf

1. sft. ft. Yaxshi, tuzuk. Durust odam, Husayn Boyqaro harbiy san’atni durust bilar edi. Oybek, Navoiy
Shunday qarorga kelingani ancha durust bo‘lgan ekan. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. krsh s. vzf. zf. Ma’qul, yaxshi, o‘rinli. Rayimboyning qishlog‘idanmi? Ha, durust. S. Ahmad, Ufq
Durust, men gapingizga ishonaman, lekin anovlarni ishontirish uchun kuchli dalil kerak. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. 3. Sog‘, tetik, sog‘-salomat. Murod endi o‘zini ancha durust sezardi. T. Ashurov, Oq ot
Tergovchi kelganida, Qudratullo o‘zini ancha durust his qilardi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina

4. 4. Mo‘l, ko‘p, unumli. Bu yil sabzavot ekinlaridan ham durust hosil olinadi. Gazetadan
Sidiqjon tushki dam olishdan keyin kechgacha xiyla durust ishladi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. 5. Munosabati yaqin va joyida, o‘zaro qalin. Usta Turdiali xudo bilan durust edi, uch yarim yashar qizchasi o‘ldi-yu, orasi buzildi. A. Qahhor, Qabrdan tovush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bo‘pti
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

2. Tuzuk – durust – yaxshi – ajoyib – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

3. Yaxshi – durust – tuzuk – binoyi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.