Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {duo}
So‘z bo‘g‘inlari: du-o
Izoh(lar)i:
duo ot

1. din. in. Xudoga yolvorib, unga iltijo qilib, o‘zi yoki boshqalar uchun yaxshi, ezgu tilak tilash. Ko‘pchilikning duosi ko‘l bo‘lur. Maqol
Duo qiling, bo‘lsin mening farzandim. Erali va Sherali
— Xudoyo xudovando, qizlarimni o‘z panohingda asragin! — deb duo qildi. H. G‘ulom, Mash’al
To‘rt mulla cho‘kka tushib olib men bilmagan duolarni o‘qib dam solishyapti. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Buvim xavotirga tushib, duo o‘qidilar. Saodat
Uch toifa kishilar bordirki, ularning qilgan duolarini Tangri ijobat qilmaydi. Hadisdan

2. din. in. Fotihada o‘qiladigan Qur’on surasi. Duoyi fotihadan keyin hammalari o‘rinlaridan turib, yo‘l hozirligini ko‘ra boshladilar. M. Osim, Ibn Sino qissasi
Domla Niyoz Anvar tarafidan duoga qo‘l ochdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Shundan so‘ng ikkinchi xutba o‘qilib, duoyi fotiha qilindi. Mushtum

3. 3. Kishining sog‘ligi, o‘limi, baxtsizligiga sababchi deb hisoblanuvchi turli yovuz kuchlar, ins-jinslarni qaytarish, kimsani kimsaga isitish va shu kabilar uchun azayimxonlar, duoxonlar tomonidan o‘qiladigan yoki tumor va shu kabilarga yozib beriladigan matn, xat. O‘zbek oyimning miyasi aynadimi yoki sehrchi hinduning duosi asar qildimi, har nuchuk, uch yillik adovatlar va gina-kuduratlar barchasi ham allaqayoqqa qarab uchib ketdilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Siz tug‘mas ekansiz, baxtingiz bog‘langan, farzandtalablar mening duoyim bilan to‘qqiz oy deganda farzand ko‘radilar. K. Yashin, Hamza

4. 4. Umuman kishilar bir-birlariga tilaydigan yaxshiliklar; yaxshi niyatlar. Oltin olma, duo ol, Duo oltin emasmi. Maqol
Mehnat bilan yer ko‘karar, Duo bilan — el. Maqol
Enasidan duo oldi. Nurali
Elga xizmat qilib, bolam, duo ol. Malikayi ayyor
ko‘p odamlarning to‘yida xizmat qilgan, yurtning duosini olgan kishi. S. Ahmad, Saylanma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.