Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dovuchcha}
So‘z bo‘g‘inlari: do-vuch-cha
Izoh(lar)i:
dovuchcha ot

1. shv. Hali pishmagan, g‘o‘r o‘rik, g‘o‘ra. Devorlar osha egilib yotgan o‘rik shoxida danak qotirgan dovuchchalar marjondek tizilgan, oqarib qolgan giloslar ustida chumchuqlar parvona bo‘lardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Kelinlar o‘rikning shoxini egib, labini qimtiydi: Nordon dovuchcha! S. Akbariy, Mehrigiyo

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Dovuchcha – zardoli – o‘rik – turshak
Ma’nosiga ko‘ra
(holatining dastlabki-oxirgi shakliga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: dovuchcha
Izoh: Hali pishmagan, hom o‘rik. Misol: Devorlar osha egilib yotgan o‘rik shohida danak qotirgan dovuchchalar marjondek chizilgan, oqarib qolgan giloslar ustida chumchuqlar parvona bo‘lardi. Sinonim: G‘o‘ra

dovuchcha