Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dovon}
So‘z bo‘g‘inlari: do-von
Izoh(lar)i:
dovon ot

1. 1. Tog‘ yoki tepalikning baland, ammo oshib o‘tsa bo‘ladigan qulay joyi; oshuv. Qashqar dovoni. Arpasiz ot dovon osholmas. Maqol
Donoga ergashgan dovondan oshar. Maqol
Bu vaqt ular Qoraqarg‘a degan dovondan oshib, ko‘z ilg‘amas, keng, tekis yaylovga chiqdilar. A. Muxtor, Asarlar
Dovonning beliga chiqquncha Muxammad Sharif ham, eshak ham holdan toydi. Q. Mirzo, Olam go‘zal

2. ko‘chma hma Keyingi ish va yutuqlarga yo‘l ochib beradigan ulkan ish; erishilgan yoki erishilajak qiyin marra. Oila qurish naqadar yuksak dovon ekanini Mahkam endi birinchi marta., his qilmoqda edi. P. Qodirov, Uch ildiz
Mavsumning dastlabki dovoni ortda qoldi. Gazetadan

3. ko‘chma hma Xayoliy, ruhiy marra, maqsad, intilish. Ey ko‘nglim, olamdan suyunchi so‘ra, Dovonlar, tog‘lardan yelday uchib o‘t. Mirtemir, Asarlar
To‘lqinday asov bo‘l, sergak qalamim. Davr-u dovonlardan barkamol o‘zgil. G. Jo‘rayeva, Iqbol

4. 4.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: devon – [f] Muayyan bir shoirning alifbo sirasi bilan tartib etilgan she’rlari to‘plami; idora.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Do‘ng – qir – adir – tepa – dovon -tog‘ – cho‘qqi
Ma’nosiga ko‘ra
(pastga nisbatan yuqorida joylashuviga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.