Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dona}
So‘z bo‘g‘inlari: do-na
Izoh(lar)i:
dona ot

1. 1. Sanoq sonlardan keyin kelib, miqdor bildiradi. Bir dona gugurt cho‘pi. Besh dona tuxum. Bir dona ko‘sak. Ra’no onasining so‘zi bilan qutidan besh-olti dona non olib, dadasining qo‘liga berdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. 2. Don, urug‘. Anor donasi. Makkajo‘xori donalari. Qoramug‘ donasi bo‘lguncha, bug‘doyning somoni bo‘l. Maqol
Bolamning bolasi, qandak o‘rikning donasi. Maqol
Anor donalaridek shirin so‘zlaring. U. Ismoilov, Saylanma

3. 3. Sochiluvchan narsalarning har bir yumaloq bo‘lagi, zarrasi. Qum donalari. Munchoqdek ter donalari. Marvarid donalari. Suluv sochlari to‘zg‘igan holatda yugurib kirib, yomg‘ir donalari yumalab turgan yuzini otasining mayin yelkasiga bosdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Nos sochilib, uning bir necha donasi sakrab-sakrab, stol tagiga kirib ketdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Zarralar, bo‘laklar, qismlardan tuzilgan narsaning har bir zarrasi, qismi. Har qanday materiya alohida donalar yig‘indisidan tuziladi. Qiziqarli geometriya

5. 5. Shaxmat, shashka va shu kabilar o‘yinlarda har bir sipoh, piyoda yoki to‘garakcha. Ba’zan raqibning ikki donasiga birdaniga hujum qilinadi. Fan va turmush
Biri gazeta o‘qisa, biri kitob varaqlar, biri shashka o‘ynasa, biri shaxmat donasini surar edi. J. Sharipov, Xorazm

6. 6. Cho‘tning tugmasimon qismi. Cho‘t donalari shaqir-shuqur bo‘lib qoldi. Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: dono – [f] Aql-zakovatli, oqil, donishmand; oqilona.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Sabil (savil) – ordona – zormanda – baytalmon – egasiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.