Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dolzarb}
So‘z bo‘g‘inlari: dol-zarb
Izoh(lar)i:
dolzarb sf

1. ot vzf. zf. Biror ish yoki jarayon eng qizg‘in yoki qistalang bo‘lgan payt. Saodatga shunday dolzarbda yaxshilik qilmay, qachon yaxshilik qilasan? I. Rahim, Ixlos
Suyak-suyagigacha paxtakor odam bunaqangi dolzarbda daladan jilmaydi. R. Fayziy, Asad libosi

2. sft. ft. Bajarilishi, qilinishi kechiktirib bo‘lmaydigan, birinchi galda hal etilishi lozim bo‘lgan; o‘ta muhim. Dolzarb muammo. Dolzarb masala. Dolzarb vazifa. Abdulla Qahhor adabiyotimizning dolzarb masalalariga behad talabchanlik bilan yondashar edilar. K. Qahhorova, Chorak asr ham nafas
Dolzarb mavzudagi maruzalar o‘qib eshittirildi. Gazetadan
Sanoat robotlarini rivojlantirish masalasi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib qolmoqda. Fan va turmush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aktual [r]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.