Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {doira}
So‘z bo‘g‘inlari: do-i-ra
Izoh(lar)i:
doira ot

1. geom. om. Tekislikning aylana bilan o‘ralgan yuzasi; to‘garak. Yarim doira. Doiraning yuzi. Kuchli shamol yuzlab kilometrli ulkan doira bo‘ylab yeladi Fan va turmush
Skameykalar doira shaklida qo‘yib chiqildi. S. Ahmad, Ufq
Keng dalada doira yasab o‘tirgan odamlar orasidagi deyarli hamma yigitlarning ko‘zi Badiaga qaratilgan edi. Mirmuhsin, Me’mor
Maktabning ochiq darvozasidan ko‘kish taksi kirib keldi-yu, yarim doira qilib aylanib to‘xtadi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. ko‘chma hma Belgili bir chegara, aniq bir hudud ichidagi joy. Shahar doirasida. Adabiyotda umr bo‘yi tutab yurgan yozuvchi hech qachon o‘z mahallasi doirasidan tashqariga chiqmaydi, lekin o‘zini klassik hisoblaydi. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas

3. ko‘chma hma Biror ish-harakat, qonun-qoida va shu kabilar davom etishi, joriy bo‘lishi, tarqalishi ehtimol bo‘lgan belgili hudud, joy. Front doirasidagi shaharlardan ko‘chirib keltirilayotgan odamlarni joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish lozim edi. R. Fayziy, Hazrati inson
bola tarbiyasi, uning axloq-odobini faqat oila doirasiga bog‘lab qo‘ysak, ro‘y bergan hozirgi yangi sharoitga to‘g‘ri kelmaydi. N. Safarov, Olovli izlar

4. ko‘chma hma Chegara, chek, ramka. Insof doirasi. Fikr doirasi. Ta’sir doirasi. Kamina adab doirasidan zarracha chiqmagan bo‘lsa kerak. Oybek, Navoiy
Farg‘onadagi kengash Umidning dunyoqarash doirasini ancha kengaytirdi. Mirmuhsin, Umid

5. ko‘chma hma Belgili bir soha, kasb yoki tabaqa va shu kabilar ahli; kishilar yig‘indisi, uyushmasi. Yuqori doiralar. Xabardor doiralar. Jurnalistlar doirasi. Gulandom bunday turmushdan nafrat qilar, bu iflos doiradan, fahsh uyasidan qutulishni istar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
mavlono Behzod chizgan Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro tasvirlari rasmiy doiralarda shuhrat topgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

6. Aylana shaklidagi, gardishsimon urma musiqa asbobi; childirma, daf. Doira chalmoq. Boloxonaning tokchasida doira, tanbur, dutor va rubob kabi musiqiy asboblar bor edi. S. Ayniy, Esdaliklar
Childirmachi pastga sakrab tushib, doirasini qizdirib keldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. doira I Ot
aylana, to‘garak; maydoning ichkarisi; chegara; kishilar guruhi

2. doira II Ot
childirma, daf

Paronimi: mavjud emas.

Qo‘llanilish doirasi chegaralangan so‘zni uchga bo‘lib o‘rganish mumkin: a) shevaga xos so‘z; b) termin (atama); v) argo va jargon. (q. Argo, Jargon, Termin, Shevaga xos so‘z).

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: doira
Izoh: Aylana shaklidagi, gardishsimon musiqa asbobi Misol: Boloxonaning tokchasida doira, tanbur, dutor va rubob kabi musiqiy asboblar bor edi. Sinonim: Childirma, daf

doira