1. 1. Hamma vaqt mavjud bo‘lib, uzluksiz davom etib turadigan, muttasil.
Doimiy g‘amxo‘rlik.
▬
Yormat bu yerda doimiy yashamas edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Kitob — Jomiyning yaxshi do‘sti, ajralmas hamrohi, mutolaa va ijodiyot esa uning doimiy mashg‘uloti edi.
Gazetadan
2. 2. O‘zaro, uzluksiz, o‘zaro bog‘langan.
Soy bilan shabada tovushi qo‘shilib, doimiy bir kuy hosil qiladi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Og‘riq esa doimiy va borgan sari kuchayib boradigan bo‘ladi.
H. Hakimov, O‘tkir appenditsit
3. 3. Abadiy, mangu.
Doimiy do‘st.
▬
Kasalxona, mehribon hamshira Elmurodning esida doimiy saqlanib qoldi.
P. Tursun, O‘qituvchi