Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {do‘lana}
So‘z bo‘g‘inlari: do‘-la-na
Izoh(lar)i:
do‘lana ot

1. 1. Ra’nodoshlar (atirgullilar oilasi)ga mansub, ko‘pincha tog‘li joylarda yovvoyi holda o‘sadigan, sariq yoki qizg‘ish, dumaloq mevali daraxt va uning yeyishli mevasi. Jondan kechmasang — jonona qayda, toqqa chiqmasang — do‘lana qayda? Maqol
To‘p-to‘p o‘sgan yovvoyi do‘lana, na’matak shoxlarida chumchuqlar chug‘urlashardi. S. Anorboyev, Oqsoy

2. 2. Shu daraxt yog‘ochidan ishlangan munchoq. U [amaki] yo‘g‘on kalta barmoqlari bilan ayvonda do‘lana tasbeh o‘girib o‘tirar edi. P. Tursun, O‘qituvchi
Eshakka do‘lana taqqandek, senga fartuqni kim ilib qo‘ydi? I. Rahim, Ixlos

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.