Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {do‘kon}
So‘z bo‘g‘inlari: do‘-kon
Izoh(lar)i:
do‘kon ot

1. 1. Biror narsa sotish uchun maxsus jihozlangan savdo-sotiq xonasi, korxonasi; magazincha. Baqqol do‘koni. Kitob do‘koni. Do‘kon mudiri. Yomon cho‘pon tikonga berar, Yaxshi cho‘pon — do‘konga. Maqol
Amakingizning do‘koniga yaxshi shohilar, baxmallar kelibdi, olmaysizmi? Oydin, O‘zidan ko‘rsin
To‘g‘ri gazeta-jurnal do‘koniga yo‘l oldi. Sharq yulduzi

2. 2. Hunarmandlarning ishxonasi. Temirchi do‘koni. Bo‘yoqchi do‘koni. Sartaroshlik do‘koni. [Mulla Obid] Tinchimaydi: guzar-da yamoqchilik do‘koni ochib, ham o‘zining, ham qishloqning ehtiyojini o‘tab turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon

3. 3. Hunarmandlar foydalanadigan dastgoh; stanok. To‘quv do‘koni. Do‘kon to‘qisang — bo‘z bo‘lar, Charx yigirsang — to‘n bo‘lar. Maqol
Uylarida do‘koni ham bor: alacha janda to‘qiydi. Sh. Xolmirzayev, Qahramonning so‘nggi kunlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.