1. 1. Vijdon, vijdonlilik, insof.
Diyonati yo‘q odam Boy deganda diyonat bo‘larmidi. S. Karomatov, Bir tomchi qon. Jamshid
▬
Begimkulovga insof, uning xo‘jayiniga diyonat tilab, xonadondan chiqdi.
Yoshlik
Dunyoda diyonat hali mavjuddir, hali mard yigitlar yashab yuribdi.
A. Oripov, Yillar armoni
Uning rahbarligida barpo etilayotgan mustaqil o‘zbek davlati uch zabardast asosda — diyonat, adolat va intizom negizida qad ko‘tarmoqda.
Gazetadan
2. 2. Diniy qonun-qoidalarga qattiq rioya etish; dindorlik, taqvodorlik.
Bo‘tam, mo‘minlar Muhammad yo‘lidan chiqib ketyapti. Xotinlarda diyonat qolmadi.
S. Ahmad, Hukm
Menda boshqalarning o‘g‘lini darraga yotqizish chog‘ida ko‘ndalang keladigan vijdon bor, din bor, diyonat bor.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Islom dini — bu ota-bobolarimizning dini, u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik.
Gazetadan