1. 1. Chet mamlakatlar bilan rasmiy aloqa qilish yoki muzokaralar olib borish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rgan va shunday ishlar uchun o‘z hukumati tomonidan vakil qilib tayin etilgan lavozimli kishi.
O‘zbekiston diplomati. Diplomat bo‘lib ishlamoq.
▬
1829 yil yanvarda Eron poytaxti Tehronda rus diplomatiga suiqasd qilinadi. S.
Karomatov, Oltin qum
Xitoy diplomatining fikricha, Shanxay beshligining kelajagi porloq.
Gazetadan
2. s. t. t. Ish, gap, muomalada usta, mohir kishi.
Juda diplomat bo‘lib ketibsiz-ku.
▬
Sohibqiron juda mohir diplomat bo‘lgan.
Fan va turmush
Savdo xodimi — turli xil odamlar bilan muomala qila oladigan, ilmli va diplomat odam.
Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
3. Kichik chemodan shaklida ishlangan, qulflanadigan portfel.
Diplomatidan bir varaq qog‘oz oldi-da, to‘g‘ri boshlig‘i Rustam Rahmonovichning oldiga kirdi.
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Oldinda sersavlat Moylixo‘ja aka, ortida jigarrang diplomat va semiz qog‘oz papka ko‘targan G‘oyibjon pildirab kelar edi.
N. Aminov, Qaltis xato