Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {din}
So‘z bo‘g‘inlari: din
Izoh(lar)i:
din ot

1. Ilohiy kuchga, Xudoga ishonishga asoslangan dunyoqarash, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmui. Islom dini. Xristian dini. Budda dini. Dini boshqaning fe’li boshqa. Maqol
Islom dini kishilarni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
— Janobi oliy uchun, din uchun, shariat uchun jonimiz-molimiz fido, — dedi beliga qilich osib, kiftiga beshotar miltiq ko‘targan bir yigit. S. Ayniy, Qullar
Imoniga, diniga mustahkam pokiza odam bor joyda ajina yuz chaqirim nariga qocharmish. S. Ahmad, Hukm

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

NizomiddinMahmudov 1951- yil Farg‘ona viloyatida tavallud topgan, filologiya fanlari doktori, professor. Hozirgi o‘zbek tilshunosligining sintaksis, leksikologiya, leksikografiya, sotsiolingvistika sohalari bo‘yicha qator jiddiy tadqiqotlar yaratgan, ona tili bo‘yicha darsliklar e’lon qilgan yirik va sermahsul olim.

«O‘zbek tilidagi sodda gaplarda semantik va sintaktik asimmetriya» (1984), «Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at – ma’lumotnoma» (1990), «Til va ma’naviyat» (hamkor, 1992), «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (hamkor, 1992), «Turkcha - o‘zbekcha, o‘zbekcha – turkcha lug‘at» (hamkor, 1993), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis» (hamkor, 1995), «Til» (1998), «O‘zimiz va so‘zimiz» (1997), «Ma’rifat manzillarida» (2000), «O‘zbek tilida ish yuritish» (hamkor, 2003), «Ona tili» (hamkor, 2004) kabi qator darslik va qo‘llanmalar muallifi.

Zahiriddin MuhammadBoburbuyuk davlat arbobi, ajoyib sarkarda, talantli shoir, muarrix, geograf, etnograf, adabiyotshunos, islomshunos, harbshunos, musiqashunos, tilshunos sifatida dunyo ilm ahliga ma’lum va mashhur.U Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tilining istiqboli yo‘lidagi kurashini davomettirib, nutq madaniyatiga katta e’tibor qaratdi. Bobur tilshunoslikka doir maxsus asar yozmagan bo‘lsa ham, o‘zining qomusiy asari «Boburnoma»da tilshunoslikka doir qimmatli qarashlarini ham bayon etdi. «Boburnoma»da uch oilaga kiruvchi hind, fors, afg‘on; arab va o‘zbek tillarini solishtirib, dunyo tilshunosligida yangi nazariyaning – bir necha tillarni qiyoslab o‘rganish nazariyasining asoschisi sifatida tanildi. Shuningdek, asarda so‘zlar etimologiyasi, nutq tovushlari tahlili, uslubiyat, so‘z semantikasi, grammatik vositalar, lahja va adabiy til munosabati masalalari xususida qimmatli ma’lumotlar ham keltiriladi.

1. jonidan umidini uzdi: o‘lishga iqror bo‘ldi

2. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi

3. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi

4. podadan oldin chang chiqardi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurdi

5. tuya ko‘rdingmi–yo‘q: o‘zini ko‘rmaganga, bilmaganga chiqardi

6. umidini uzdi: ko‘nglidagi oxirgi ilinjini ham yo‘qotdi

7. xush keldingiz: Mehmon kelganda, hurmat yuzasidan aytiladigan ibora

1. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Avval – ilgari – oldin – burun – qadim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tarixiylik belgisining ortishiga ko‘ra)

3. Kecha – bugun – erta – indin
Ma’nosiga ko‘ra
(zamoniyligiga ko‘ra )

4. Ravshanlanmoq – oydinlashmoq – ayon bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.