Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dilrabo}
So‘z bo‘g‘inlari: dil-ra-bo
Izoh(lar)i:
dilrabo sf

1. sft. ft. Ko‘ngilni maftun etadigan, kishini o‘ziga tortadigan; yoqimli. Dilrabo kuy. Dilrabo manzara. Vatan! Naqadar dildor va dilrabo, jozibali va yoqimli eshitiladi bu so‘z! Gazetadan. Ovoz shu qadar tiniq, dilrabo ediki, Muqaddam hayajondan entikib ketganini sezdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ey, siz, tog‘lar, dilrabo tog‘lar, Yosh qalbimni maftun etgansiz. A. Oripov, Yillar armoni

2. ot ot Go‘zal yor, ma’shuqa, mahbuba. Ketdim berib ko‘ngil u dilraboga vafo bilan, To‘ldirdi-ketdi ko‘nglimni ishqiy navo bilan. M. Boboyev. E dilrabo, ishqing bilan devona bo‘ldim sog‘inib. Hamza

3. 3. Dilrabo (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.