Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dilozor}
So‘z bo‘g‘inlari: di-lo-zor
Izoh(lar)i:
dilozor sf

1. 1. Kishining diliga ozor beruvchi, kishini ranjituvchi, muomalasi sovuq, sitamgar. Dilozor odam. Dilozordan xudo bezor. Maqol
Kimki bo‘lsa dilozor, Undan shu yurt bezor. Maqol.
Rais aka, unaqa dilozor bo‘lmang, S. Ahmad, Qadrdon dalalar.

2. 2. Yurakni ezuvchi, og‘ir, mashaqqatli. Ularni nochor, dilozor qora kunlari majbur qilardi! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: beozor
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Be’ma’ni – badqiliq – dilozor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortishiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.