1. dil tortar: yoqimli
2. dilga tugdi: 1)o‘rni kelganda aytishni mo‘ljallab qo‘ydi 2)ahd qildi 3)fikran belgilab qo‘ydi 4) unutmay ichda saqladi
3. dili bo‘lmoq: kimning dili qorong‘i bo‘lmoq, qattiq xafa bo‘lmoq, ranjimoq.
4. dili g‘ash bo‘lmoq: noqulaylik, xijolat, ichki bezovtalik
5. dili og‘ridi: ranjidi
6. dili siyoh bo‘ldi: juda xafa bo‘ldi
7. dili tortdi: yoqtirdi
8. dili xira: tashvishli, bezovta, notinch
9. dili yorishdi: xafachiligini tarqatib, xursand bo‘ldi
10. dilidan o‘tkazdi: ma’lum bir muddat fikrladi
11. sodda dil: ishonuvchan, jo‘n
12. sodda dillik bilan: jo‘nlik, ishonuvchanlik oqibatida
13. sof dil: vijdonli, beg‘araz
14. sof dillik: vijdonlilik, beg‘arazlik