Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {did}
So‘z bo‘g‘inlari: did
Izoh(lar)i:
did ot

1. 1. Go‘zallikni, nafosatni his etish, undan estetik zavq olish qobiliyati. Nozik did. Did bilan kiyinmoq. Didiga to‘g‘ri (mos) kelmoq. Har kimning didi boshqa, har gulning hidi boshqa. Maqol
Ustunlar naqshinkor, bino peshtoqlariga did bilan rang berilgan edi. E. Usmonov, Yolqin
Hovlidagi orastalik uy egasining yaxshi did egasi ekanidan dalolat edi. Yoshlik
Xalqimizning kitobga bo‘lgan ehtiyoji, estetik didi ham o‘smoqda. Saodat

2. 2. Aql-farosat, fahm, idrok. Didingga did qo‘sh, Farosatingga — farosat. Maqol
Dunyodan umidi bo‘lmagan odamda did ham, orzu-havas ham suvga urib ketar ekan. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: fahm [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. didiga o‘tirmoq: ma’qul kelmoq.

2. haddidan oshdi: o‘ziga ortiqcha erk berdi

3. ko‘z oldidan o‘tdi: tasavvurida ketma-ket gavdalandi

4. oldidan o‘tdi: biror ishni qilishdan oldin shundan kimnidir xabardor qildi

5. taxdid qilmoq: taxdidli xatti-harakat qilmoq, do‘q-po‘pisa qilmoq.

6. yodida qolmoq: xotirasida saqlanib qoldi

7. yodidan chiqarmoq: unutdi

8. yodidan ko‘tarilmoq: unutdi

1. Farosatli – zehnli – didli – zakovatli – zukko – zakiy – zol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.