Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {devor}
So‘z bo‘g‘inlari: de-vor
Izoh(lar)i:
devor [de-vor ]

1. Binoning, uyning tomni ko‘tarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik ko‘tarilgan qismi. Uy devori. Hujra devori. Yomonga surkansang, dog‘i yuqar, Devorga suyansang — tuprog‘i. Maqol

2. Biror yerni (bog‘, hovli, qo‘rg‘on va boshqalar), hududni o‘rab olgan yoki qismlarga ajratib turadigan g‘ov, to‘siq. E’zozxon o‘zini devordan otib, xolasinikiga qochib qutuldi. H. G‘ulom, Mash’al

3. Biror narsaning atrofini o‘rab olgan yoki uni bo‘limlarga ajratgan qismi. Hatto qorin devorining chap tomoniga barmoq bilan bosilsa, og‘riq o‘ng tomonda seziladi. H. A. Hakimov, O‘tkir appenditsit.

4. ko‘chmaGap eshitmaydigan, gap ta’sir qilmaydigan; bezbet. Arzga qulog‘ingiz kar, tebranmas bir devorsiz. Guldasta

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. devor bo‘lib qolmoq: qo‘rqinch yoki hayratdan rangi oqarib, serrayib turmoq.

2. devorga taqamoq: shoshirib, gangitib qo‘ymoq; taslim bo‘lishga majbur qilmoq.

3. peshonasi taq etib devorga tegmoq: o‘z bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo‘lmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.