Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {devon}
So‘z bo‘g‘inlari: de-von
Izoh(lar)i:
devon [de-von ]

1. Muayyan bir shoirning radif va qofiyalarga rioya etgan holda alifbo sirasi bilan tartib etilgan she’rlarining (dostonlardan tashqari) to‘liq to‘plami. Haqiqatan ham Navoiy forsiy devoni bilan Jomiydan so‘ng fors-tojik adabiyotini yangi bir bosqichga ko‘tardi. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. devon I Ot
adab. she’riy to‘plam

2. devon II Ot
tar. majlis; oliy bosh idora

Paronimi: dovon Tog‘, tepalikning baland, ammo oshib o‘tsa bo‘ladigan qulay joyi; oshuv; ulkan ish.

«Devonu lug‘oti-t-turk»(“Turkiy so‘zlar devoni”)Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Bu asarda XI asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda va G‘arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug‘ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, jo‘g‘rofiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. O‘zbek tilshunosligi faniKoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari bilan boshlanadi. Asarning Namangan, Vena va Qohira nusxalari mavjud.

Asar haqida ilk ma’lumot bergan kishi fransuz sharqshunosi J.Amadi edi. Kitobning 1439-yilda Hirotda uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan bir nusxasiqator sarguzashtlar bilan Istanbulga kelib qoladi. Bu asar ilk marta 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan. 319 sahifadan iborat bu asar hozir Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa “Devonu lug‘otit turk” yozilgandan 200 yil keyin (1266-yilda) kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotih al-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko‘chirilgan. Yevropalik kitob jalloblari qo‘liga o‘tib, Vena saroy kutubxonasiga tushadi. Qohira nusxasi 1896- yilda Qohirada, Namangan nusxasi 1913- yilda Namanganda topilgan.

«Devonu lug‘otit turk»uch tomdan iborat, 1915–17-yillarda Istanbul shahrida nashr etilgan. Shu nashr asosida K.Brokkelman bu asarni 1928-yilda nemischa tarjimada nashr qildi. 1939- yilda Anqarada Basim Atalay tarjimasida turk tilida bosildi. Olim S.Mutallibov devon tarjimasi ustida samarali ishlab, 1960–63-yillar davomida uch tomda o‘zbek tilida nashr qildi.

  Koshg‘ariyning asari kirish va lug‘at qismidan iborat. Kirish qismida muallif «Devon»ning yaratilish sabablari, o‘z ish uslubi, asarning tuzilishi, turkcha so‘zlarning tuzilishida qo‘llaniladigan harflar haqida, kitobda aytilgan va aytilmagan narsalar haqida, turkiy tabaqalar va qabilalarning bayoni, turk tilining xususiyatlari, tilda va lahjalarda bo‘ladigan farqlar haqida fikr yuritadi. Har bir so‘zning ma’nolari (polisemiya, omonim, antonim, arxaik so‘zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so‘zlarning etimologiyasi beriladi. Tovushlar tahlili ancha mukammal. Unli va undosh fonemalar, cho‘ziq va qisqa unlilar farqlanadi, tildagi fonetik hodisa va qonunuyatlar ochib beriladi. Morfologiya qismida so‘zlar arab tilshunosligi an’analariga ko‘ra uchga ajratiladi: fe’l, ism, bog‘lovchi. So‘zlarning yasalish va bog‘lanish xususiyatlari ko‘rsatiladi.

  Asarning lug‘at qismida 7500 so‘z sakkiz bo‘limda izohlanadi. Koshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo‘lib qoldi.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Axmoq – tentak – go‘sxur – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiqligiga ko‘ra)

2. Jinni – telba – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.