1. Okeanning quruqlikka tutashgan yoki quruqlikka yorib kirgan bo‘lagi, okeanning quruqlik yoki orol va yarimorollar bilan ajralgan qismi. Orol dengizi. Boltiq dengizi. Qizil dengiz. Dengiz havosi. Dengiz floti. Ahmoqda or bo‘lmas, dengizda — guzar. Maqol
2. Keng maydonni egallagan va dengizga qiyos qilingan sun’iy suv havzasi. Chorvoq dengizi xuddi uzukka, qo‘yilgan moviy ko‘zga o‘xshab, yashnab ko‘rinadi. Gazetadan
3. ko‘chmaJuda katta uyum, to‘da, oqim; biror narsa bilan qoplangan keng maydon. Paxta dengizi. Qon dengizi. G‘ayratiy
4. ko‘chmaOg‘ush, quchoq; qurshov; asirlik. Po‘lat ota shunday ichki xayollar dengizida suzib, boyvachchaning ko‘nglini eritadigan gap topolmay, kalovlanib turar edi. K. Yashin, Hamza
1. Jo‘yak – ariq – kanal – soy – daryo – dengiz Ma’nosiga ko‘ra (hajm-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)
2. Ko‘lmak – hovuz – suv ombori – ko‘l – dengiz – okean Ma’nosiga ko‘ra (hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)