Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dehqonchilik}
So‘z bo‘g‘inlari: deh-qon-chi-lik
Izoh(lar)i:
dehqonchilik [deh-qon-chi-lik ]

1. Qishloq xo‘jaligining yerga ekin ekib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi sohasi, ziroatchilik. Qadimdanoq Amudaryo, Zarafshon, Sirdaryo kabi obi hayot sohillarida, go‘zal Farg‘ona, Toshkent, Buxoro va Xorazmning ibtidoiy tabiati bag‘rida dehqonchilik keng tarmoq otgan edi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik

2. Ekin-tikin bilan shug‘ullanish kasbi, mashg‘uloti. Dehqonchilik qilmoq. Dehqonchilik — chorvachilik, Bo‘lmasa, quruqchilik. Maqol

3. Ekinzor, ekin dalasi. Anovi pastlikda dehqonchiligimiz bor. Bemalol, hamma narsa o‘zimizdan chiqadi. Oydin, Kelin o‘g‘il tug‘ibdi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.