Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {daydi} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: day-di-moq
Izoh(lar)i:
daydi [day-di ]

1. Doimiy turarjoyi va bel-gili kasbi bo‘lmagan, bir joyda qo‘nim topmaydigan; darbadar (odam haqida). Tayini yo‘q daydi. Mashhad bekatlarida yurib, maynavozchilikka o‘rganib qolgan. A. Muxtor, Opa-singillar

2. Doim tentirab, daydib, sanqib yuradigan; sanqi. Kir yuvib o‘tirgan opam orqamdan qichqiradi: — Yana qayerga, daydi? Oybek, Bolalik

3. Har yoqda izg‘ib yuradigan. Unda-munda bir eshik uchraydi. Lekin och-oriq, daydi itlar ko‘proq sanqib yuradi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. ko‘chma Bemahal va betartib harakat qiladigan, yo‘nalishi o‘zgarib turadigan. Havo hamon bulut bo‘lib, ko‘klamning daydi shamoli guvullab esib turardi. N. Fozilov, Diydor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Daydimoq – sanqimoq – sandiroqlamoq – tentiramoq – laqillamoq – salanglamoq – sakillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.