Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {daydi}
So‘z bo‘g‘inlari: day-di
Izoh(lar)i:
daydi [day-di ]

1. Doimiy turarjoyi va bel-gili kasbi bo‘lmagan, bir joyda qo‘nim topmaydigan; darbadar (odam haqida). Tayini yo‘q daydi. Mashhad bekatlarida yurib, maynavozchilikka o‘rganib qolgan. A. Muxtor, Opa-singillar

2. Doim tentirab, daydib, sanqib yuradigan; sanqi. Kir yuvib o‘tirgan opam orqamdan qichqiradi: — Yana qayerga, daydi? Oybek, Bolalik

3. Har yoqda izg‘ib yuradigan. Unda-munda bir eshik uchraydi. Lekin och-oriq, daydi itlar ko‘proq sanqib yuradi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. ko‘chma Bemahal va betartib harakat qiladigan, yo‘nalishi o‘zgarib turadigan. Havo hamon bulut bo‘lib, ko‘klamning daydi shamoli guvullab esib turardi. N. Fozilov, Diydor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sanqi

1. daydi I Fe’l
darbadar kezib, ko‘chib yurmoq

2. daydi II Sifat
darbadar, qo‘nimsiz

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. beti chidaydi: nomus qilmaydi, uyalmaydi, andisha qilmaydi

2. yuzi chidaydi: nomus qilmaydi, uyalmaydi, andisha qilmaydi

1. Daydimoq – sanqimoq – sandiroqlamoq – tentiramoq – laqillamoq – salanglamoq – sakillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.