Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {daxlsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: daxl-siz
Izoh(lar)i:
daxlsiz sf

1. 1. Ma’lum bir narsaga bevosita aloqasi, bog‘liqligi bo‘lmagan, daxli yo‘q, taalluqli emas. Bu senga daxlsiz gaplar. Qurbon o‘ziga daxlsiz narsalar haqida xayol surayotganini payqab, yuragi siqildi. Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik

2. 2. Hech kim daxl qila olmaydigan, qo‘l tegiza olmaydigan, har qanday qasd yoki tajovuzdan himoya qilingan yoki qilinadigan; buzilmas. Maddohlar — xudoning daxlsiz bandalari, ularni xonlikning har bir bekligi, har bir noibligiga jo‘natsak, zarar qilmas. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Yana qadri oshadi onamizday muqaddas, Har qarichi muborak, daxlsiz, aziz yerning. G‘. G‘ulom, She’rlar

3. dip. ip. O‘zga ellarda qonun yo‘li bilan jazolab bo‘lmaydigan. — Hazrat, bu odatga xilof. Elchilar daxlsiz-ku, — deb xirilladi. M. Osim, Karvon yo‘llarida

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.