Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dastur}
So‘z bo‘g‘inlari: das-tur
Izoh(lar)i:
dastur ot

1. 1. Muayyan maqsad, ish-harakat yoki tadbirning oldindan belgilab chiqilgan yo‘l-yo‘rig‘i, uni amalga oshirishning tartibi, qonun-qoidasi; programma. Sog‘lom avlod dasturi. Davlat tilini amalga oshirish dasturi. U xoksor, dono, kamsuqum shoirdan hamisha iliq bir so‘z eshitadi, oqilona bir dastur oladi. S. Siyoyev, Avaz
Bugun o‘tkazilyotgan siyosatimiz aniq, muddao ravshan, taraqqiyot dasturimiz mavjud. Gazetadan
Mehnatga hurmat — axloqning yuksak dasturlaridan biridir. Oybek, Nur qidirib

2. 2. Bajariladigan tadbirlar tartibi, qilinadigan ishlar ro‘yxati. Anjuman dasturi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.