1. Manbaidan quyilish joyi tomon tabiiy o‘zandan doimiy ravishda oqib turadigan katta suv.
Zarafshon daryosi. Azim daryo. Daryo suvi. Daryo bo‘yi. O‘tirgan — bo‘yra, yurgan — daryo.
Maqol
2. ko‘chmaKo‘p miqdordagi narsalar haqida.
Botir yorim, bilaman, siz qayg‘u daryosiga mendan chuqurroq botdingiz.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. ko‘chmaBitmas-tuganmas; boy; keng.
Taqsirimning ilmlari juda daryo, o‘zlari Buxoroda xatmi kitob qilganlar!
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. esk. ayn.Dengiz.
5. yokiSho‘r daryo Daryoyi sho‘r Kaspiy dengizi.
Bu arg‘umog‘ingiz bilan Daryoyi sho‘rgacha yetasiz.
Oybek, Navoiy
6. ko‘chmaBoylik, xazina.
San’atkor xalq tili daryosidan o‘rinli foydalana olsa, bir qatrasi bilan serzavq, ancha baquvvat gullar ko‘kartira oladi.
O‘TA
7. ko‘chmaO‘tib ketuvchi, o‘tkinchi.
Hayhot! Yoshlik, bolalik bir daryo — oqdi-ketdi. Ming afsus.
K. Yashin, Hamza