1. Shahar, qo‘rg‘on, qal’a, hovli va shu kabilarga kiriladigan ikki tabaqali katta eshik, qopqa. Darvozaning bir tabaqasi ochiq edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Kanallarda suvni to‘sish yoki qo‘yib yuborish uchun ishlangan maxsus qurilma; qopqa.
2. ko‘chmaSezgi, seza olish imkoni. Hislar uchun yaralmish yetti darvoza. U. Ismoilov, Saylanma
3. sprt.Futbol, xokkey va shu kabilar o‘yinlarda maydonning raqib yo‘llagan to‘pni (shaybani) kiritmaslik uchun himoya qilinadigan chekli qismi. Paxtakorchilar raqib darvozasiga uchta to‘p kiritdilar. Gazetadan
4. ko‘chmaImkoniyat. Bir darvoza bekilsa, Ming darvoza ochiladi. Xalq durdonalari
1. Darcha – eshik – darvoza Ma’nosiga ko‘ra (hajm – ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)