1. Savdo-sotiq, mehnat, ishlab chiqarish sohalaridan davlat yoki ayrim shaxslar hisobiga kelib tushadigan sof pul va boshqa xil tushumlar; kirim.
Bir kunlik daromad. Davlat daromadi. Milliy daromad. Daromadga qarab buromad.
Maqol
2. Gapning daromadi tugab, endi buromadga ko‘chdi, shekilli, — o‘yladi chol.
Gapning daromadi tugab, endi buromadga ko‘chdi, shekilli, — o‘yladi chol.
Mushtum
3. Biror maqsadni anglatish uchun shu maqsad atrofida uzoqdan boshlangan gap.
Shunaqa qilib, Narzini ham yubormoqchimisiz? — dedi kampir, darrov gapning daromadini payqab.
H. Nazir, Mayoq sari
4. Biror joyga kiriladigan yo‘l, eshik, yo‘lak.
Uylarning daromadi va derazalari ko‘chadan ko‘rinadi.
A. Qodiriy, Obid ketmon