Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dardchil}
So‘z bo‘g‘inlari: dard-chil
Izoh(lar)i:
dardchil [dard-chil ]

1. Tez-tez kasal bo‘lib turadigan, salga kasal bo‘laveradigan. Komil baayni oydinda uyqusirab yuradigan dardchil odamday mavze ellikboshisining orqasidan bog‘ini aylanib chiqdi. M. Osim, Tilsiz guvoh

2. Dard tortib zaiflashib qolgan, dardga chalingan. Ne-ne umidlar bilan olingan yer, bolalari yosh va Anzirat xolaning o‘zi dardchil bo‘lgani uchun, ekuvsiz qolib, qo‘riqqa qo‘shilib ketdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. Qayg‘uli, g‘amli, mungli. — Men bo‘lsam otam tugul, onamni ham eslay ol-mayman, — uning ovozi dardchil qaltiradi. Sh. Xolmirzayev, To‘lqinlar. Ahmad Xusain kuldi, keyin dardchil xo‘rsindi. Oybek, Nur qidirib

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kasalmand [a+f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.