Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dard}
So‘z bo‘g‘inlari: dard
Izoh(lar)i:
dard [dard I ]

1. Jismoniy azob; og‘riq, kasallik. Og‘ir dard. Dard ko‘rmoq Dardga chalinmoq Dardni yashirsang, isitmasi oshkora qiladi. Maqol

2. Qo‘li gul ijrochiga, o‘z kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan ibora. Bu nasiba sizga. Sara bug‘doy. Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, og‘a. S. Siyoyev, Avaz

3. Ruhiy azob, g‘am-g‘ussa, alam-hasrat. Men kimga yig‘layman, dardimni yorib. Shirin bilan Shakar

4. Kishining borlig‘ini, butun fikri-yodini band etgan narsa, ish, tashvish, orzu, xayol va shu kabilar Qadrdoningiz Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek bir necha kunlardan beri benihoya bir dard bilan og‘rir edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. ko‘chmaFikr-u xayol; armon, ezgu maqsad. Uning [Atevning] qalbi hamisha xalq quvonchi, xalq dardi, hash orzu-hislari bilan yonib, olovlanib turadi. X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari

6. ko‘chmaIshq, muhabbat. Layli dardida cho‘l kezib yurgan Majnunning iztiroblariga yoz holati mutanosib edi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: alam [a]

1. dard I Undov
koyish so‘zi (dard! balo!)

2. dard II Ot
og‘riq, kasallik; tashvish

Paronimi: dart Salbiy munosabatni bildiradigan so‘z, koyish, qarg‘ash.
Qomus: mavjud emas.

1. avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi: barcha kirdikorlarini ochib tashladi

1. Hamdard – dardkash – g‘amxo‘r
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.