1. Ilgari vaqtlarda deraza vazifasini o‘tagan bir yoki qo‘sh tabaqali eshikcha. Ota darvozaga tamba tirab, qo‘shnining darchasidan o‘tib, ko‘chaga chiqdi. S. Nurov, Narvon
2. Eshik yoki devorga o‘rnatilgan kichkina eshikcha yoki deraza. Ko‘pincha yopiq bo‘ladigan kassa darchasidan yoqimli zarhal nur tushib turadi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. ko‘chmaFoydalanish, kirish imkoni; yo‘l. Dasturxon ustida qizidi suhbat. Ochdi go‘yo birdan fan darchasini. M. Ikrom
1. Darcha – eshik – darvoza Ma’nosiga ko‘ra (hajm – ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)