Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dang‘illama}
So‘z bo‘g‘inlari: dan-g‘il-la-ma
Izoh(lar)i:
dang‘illama [dan-g‘il-la-ma ]

1. Keragidan ortiq hasham berilgan, hashamatli, keng, katta. Chorbog‘ning o‘rtasida soyga qaratib solingan, oldida romli ayvoni, olti xonali dang‘illama uyi bor S. Anorboyev, Oqsoy

2. Ovozasi keng tarqalgan, dabdabali. Bir oydan keyin xuddi mana shu katta bog‘da dang‘illama to‘y bo‘ldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Dang‘illama – hashamatli – serhasham – muhtasham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.