1. Savdo-sotiqda oluvchi bilan sotuvchi o‘rtasida vositachilik qiluvchi, molga narx qo‘yib, ularni kelishtiruvchi kishi.
El nazar qilmasa, eshak bozoriga dallol ham bo‘lolmaysan!
Maqol
2. O‘rtada turib, nojo‘ya ishlarni bitishtiruvchi, murosaga keltiruvchi, vositachi.
[Ko‘ziboy:] Rahimga nima deb aytaman-a? O‘rtada dallolmisan, demaydimi!?
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
3. Dalla, qo‘shmachi.
Gulsanam bola chog‘ida onasi bilan dalada ishlashga o‘rganib qolgan edi. Endi eshikka chiqarmay qo‘yishdi: xonning dallollaridan qo‘rqadilar.
Oydin,Oltin uzukka olmos ko‘z