Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dala}
So‘z bo‘g‘inlari: da-la
Izoh(lar)i:
dala [da-la ]

1. Aholi yashaydigan joydan tashqarida bo‘lgan, ekin ekiladigan yer, ekinzorlar. Ekin dalasi. Paxta dalasi. Mehnat dalasi. Paxtazor dala. Bog‘bon bog‘ini tuzar, Dehqon dalasin suzar. Maqol

2. Shahardan tashqaridagi bog‘, qo‘rg‘on va yer-suvlar. - Pochchang o‘lsin! — dedi achchiqlanib Xushro‘y, — Najmiddinbek deganning dalasiga ketgan edi. To‘rt kundan beri dom-daraksiz. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Umuman keng tabiiy sayhon yer, yovon. Dala, kirlar qirmizi ko‘ylak kiygan suluv kelinchakdek yashnab ketgan. Gazetadan

4. Uydan (xonadan) tashqari joy, hovli, ko‘cha. Onaning ko‘ngli bolada. Bolaning ko‘ngli dalada. Maqol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: dara jarlik

Imlo qoidalarito‘g‘ri yozish qonunqoidasi to‘plami. Buning asosini imlo to‘g‘risidagi qoida tashkil etadi. Qoidada to‘g‘ri yozishning deyarli barcha tomoni batafsil izohlanadi.

Lotin yozuviga o‘tilgandan keyin bu yozuvda ham imlo to‘g‘risidagi qoida qabul qilish ehtiyoji tug‘ildi va 1995 yil 24 avgustda tasdiqlandi. Hozirgi qoidalar tizimi 7 bo‘lim, 82 paragrafdan iborat.

 

Rivojlangan, o‘z yozuviga ega bo‘lgan adabiy tilda so‘zni bir xilda yagona tarzda yozishni yo‘lga qo‘yish uchun imlo to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» 1995 yil 24 avgustda qabul qilingan. U 82 paragrafdan iborat.

O‘zbek yozuvi uchun hozirgacha 2 marta imlo qoidasi tasdiqlangan. Birinchisi 1956-yil 4-aprelda kirill yozuviga asoslangan o‘zbek tilining imlo qoidasi, 72 paragrafdan iborat bo‘lgan.

Imlo to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish murakkab jarayon, bir nechta tamoyilga tayaniladi. Bu orfografiya tamoyil (prinsip)i deyiladi.

Orfografiyaning 5 tamoyili mavjud: 1) fonetik yozuv; 2) morfologik yozuv; 3) shakliy yozuv; 4) tarixiyan’anaviy yozuv; 5) farqlash yozuvi.

1. dabdalasi chiqdi: 1) sifatini yo‘qotib, yaroqsiz holga keldi 2)yanchib tashlandi

1. Abjaq bo‘lmoq – majaq bo‘lmoq – dabdala bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Gavdalantirmoq – xayol surmoq – hukm chiqarmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvurning natijasiga ko‘ra))

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.