1. Vahima yoki shovqin solib qilingan do‘q, po‘pisa.
Miltiq ko‘targan bilan ovchi bo‘lmas, Dag‘dag‘a solgan bilan dovchi bo‘lmas.
Maqol
2. Qo‘rqitish uchun ko‘tarilgan janjal, nizo.
Biz bu dag‘dag‘alarni o‘rtadan ko‘tarishga harakat qilurmiz.
Oybek, Navoiy
3. Shovqin-suron, ovoza; dabdaba.
Uch yuz odami bilan saltanati dag‘dag‘asi yerni titratib, jo‘nab ketdi.
Yusuf va Ahmad
4. kam qo‘ll.Tashvish, bezovtalik, urinish.
Shaharning shoirlari qofiya dag‘dag‘asi bilan og‘riydilar.
Oybek, Navoiy
5. ko‘chmaXavf solish, tug‘dirish.
Ko‘p o‘tmay qoramtir bulutlar ko‘k yuzida dag‘dag‘a qila boshladi.
Mirmuhsin, Umid