1. Dangal ish tutadigan, qo‘rqib, hadiksirab o‘tirmaydigan; dovyurak.
Rahimberdi o‘ziga ishongan, dadil yigit edi, ishlab charchamasdi.
X. To‘xtaboyev, Felyetondan so‘ng
2. Shijoat bilan to‘lib toshgan; jasurona, mardonavor, shaxdam.
Xalq dadil boradi. Ayniqsa xotinlar — onalar jasur.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Qo‘rqmay, ishonch bilan, bemalol, tortinmay
Uzoqdan bo‘lsa-da, Yo‘lchiga dadil qaraydi, ba’zan yashirin iljayadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
4. Jismoniy, ma’naviy jihatdan baquvvat; tetik, bardam.
Elmurod odamlar to‘lqinida Fotima bilan yonma-yon yurarkan, o‘zini har vaqtdagidan dadil va yengil sezdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
5. Moddiy jihatdan o‘zini tutib olgan; boy-badavlat.
Jamoa xo‘jaligimiz bu yil ancha dadil bo‘lib oldi.
Gazetadan
6. ko‘chmaEng muhim, dolzarb, zaruriy.
eng dadil g‘oyalarni o‘rtaga tashlab, uni ro‘yobga chiqargan irrigatorlarning mardligi haqida hikoya qiladi.
O‘zbekiston qo‘riqlari