Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {da’vogar}
So‘z bo‘g‘inlari: da’-vo-gar
Izoh(lar)i:
da’vogar [da’-vo-gar ]

1. O‘z haq-huquqini himoya etish haqida tegishli joylarga rasmiy yoki g‘ayrirasmiy arz qilgan, talab qo‘ygan fuqaro yoki yuridik shaxs. Nega uch yildan beri indamay kelgan xotin birdan da’vogar bo‘lib qolibdi? O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. O‘zida yo‘q haq-huquq, xususiyat yoki fazilatlarning e’tirof etilishini talab qiluvchi. — Menga da’vogar? Podshohlik haqiga da’vogar, — dedi amlokdor. S. Ayniy, Qullar

3. Musobaqa, tanlov, sport o‘yinlarida yuqori o‘rin uchun kurashuvchi. Futbol komandamiz birinchi o‘rin uchun da’vogarlardandir. -

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.