Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chuchvara}
So‘z bo‘g‘inlari: chuch-va-ra
Izoh(lar)i:
chuchvara [chuch-va-ra ]

1. Ichiga qiyma solib tugilgan, mantidan ko‘ra kichikroq xamir ovqat. Vafo attorning kelini bir lagan chuchvara chiqardi. N. Aminov, Yolg‘onchi farishtalar

2. Yo‘q yoki amalga oshmaydigan narsaga ishonmoq; xom o‘ylamoq, xomxayol qilmoq. Sen chuchvarani xom sanab yuribsan, uka, do‘st bilan dushmanni ajratolmaysan. Rahim, Ixlos

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. chuchvarani xom sanabsan: xom xayol qilib yuribsan, xomtama bo‘libsan

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.