1. Bargi damlab ichiladigan, janubiy o‘lkalarda o‘suvchi doimiy yashil buta daraxti, buta.
Choy o‘simligi 2-3 yoshlik bo‘lganda, tuplarga shakl beriladi, yon shoxlar kesiladi.
O‘zME
2. Shu o‘simlikning quritib maxsus ishlangan, maydalangan, damlab ichiladigan barglari.
Ko‘kragimda voyim qoldi, uch yumaloq choyim qoldi.
Ergash, Jumanbulbul o‘g‘li.
3. Shu o‘simlikning maxsus ishlangan, maydalangan barglaridan damlangan xushbo‘y ichimlik.
Hindining ichgani asl choy bo‘lar.
Gulnorpari
4. Shu ichimlik bilan birga ovqatlanish.
Sidiqjon choyni kutmay, ishga ketdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari