1. sft. tar. To‘rt tomoni teng to‘rtburchak shaklidagi; kvadrat.
Chorsi ro‘mol. Chorsi hovuz.
▬
Novdalari qirqilaverib to‘mtoq kallak bo‘lib qolgan qator tut daraxtlari chorsi kartalarni ajratib turibdi.
Mirmuhsin, Umid
2. shv. otBelbog‘, qiyiqcha.
Bobur mijjalarida yiltiragan tomchilarni ipak chorsi bilan artishdan istihola qilmadi.
X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
3. shv. otKatta ro‘mol.
Kampir negadir oq surp chorsisining uchini labiga qistirib olgan, yuzi sirliroq ko‘rinardi.
M. M.Do‘st, Galatepa qissalari
4. Tarixiy shaharlarda: usti yopiq savdo-sotiq joyi, ya’ni bozorning markaziy, rastalar kesishgan joyi; umuman, savdo-sotiq joyi.
Avazxon bunday qarasa, shahar chorsu bilan registondan iborat ekan. Gulshanbog‘. Xivada chorsu do‘konlari ko‘proq Ota va Polvon darvozalar ko‘chalari bo‘ylab joylashgan edi.
O‘zME