Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {cholg‘u}
So‘z bo‘g‘inlari: chol-g‘u
Izoh(lar)i:
cholg‘u [chol-g‘u-chi ]

1. Musiqa asbobi. O‘zbek xalq cholg‘ulari. Cholg‘u asbobi. Mashshoqlar cholg‘ularini qo‘lga oldilar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. Musiqa asboblarida ijro etilgan kuy, ohang; musiqa. Uning asl ismi — Nabi. O‘zining ashulasi, cholg‘usi va qiziqchiligi bilan suhbatlarni gullatgani uchun mahalladagi ulfatlari uni “gul“ — Nabigul deb ataganlar. A. Qahhor, Qanotsiz chittak

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: soz [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: chalg‘i Uzun dastali katta o‘roq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.