1. Narsalarni yuvish, tozalash uchun yassi dastaga tartibli qilib mahkamlangan qil tolalaridan yoki simlardan iborat buyum.
Qil cho‘tka. Tish cho‘tka(si). Kiyim cho‘tka(si).
2. Soch, qosh, kiprikni bo‘yashda ishlatiladigan, kichik dastasiga qilsimon tolalar o‘rnatilgan pardoz buyumi.
Shiftgacha yetgan kattakon toshoyna oldida atir-upayu turli bo‘yoqlar, qosh bo‘yaydigan cho‘tkadan tortib, tirnoq oladigan asboblar — hammasi betartib sochilib yotibdi.
Mirmuhsin,Umid
3. Bo‘yash, oqlash uchun ko‘pincha qildan yasaladigan asbob; mo‘yqalam.
Bo‘yoqchilik cho‘tkasi.
▬
Usta qoramoy, cho‘tka va boshqa xil asboblari turadigan yog‘och sandiqdan qog‘ozga o‘rog‘liq bir narsa chiqardi.
N. Aminov, Qahqaha