1. 1. Suyuqlikka, suvga yoki yumshoq narsaga botmoq, cho‘kmoq, ko‘milmoq.
Suvga cho‘mmoq.
▬
Saodat ich ko‘ylagiga bir oz atir sepib olgach, oq choyshablar orasiga kirib, paryostiqqa cho‘mdi.
I. Rahim, Ixlos
Bir kun tomchi bo‘lib, abadiyat Dengiziga cho‘mib ketaman.
Uyg‘un
2. ko‘chma hma Berilmoq, ko‘milmoq, botmoq.
Xayolga cho‘mmoq.
▬
Munchoq ko‘zlaringni tikib turarding, Cho‘msam xayollarga goho, kakligim.
A. Oripov
Xayolga cho‘mgan kishiga oldidagi haqiqatdan yiroqlarda bo‘lgan xayoliy hur-g‘ilmonlar ortiqcha lazzatlikdir.
A. Qodiriy, Kichik asarlar
3. 3. Yuzaga kelmoq; qaror topmoq; cho‘kmoq.
Yodgor jiddiy sukunat cho‘mgan zalga qarab qo‘ydi.
O‘.Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. ko‘chma hma Ko‘milmoq, qoplanmoq.
Qiyg‘os gulga cho‘mar har bitta og‘och.
Saodat
Abror oy nurlariga cho‘mgan sahrodan qaytayotib, o‘zini xuddi oy sathida ketayotgan odamdek his etdi.
O. Muxtor, Egilgan bosh