Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chiz} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chiz-moq
Izoh(lar)i:
chiz fl

1. 1. Chiziq tortmoq, tushirmoq. To‘g‘ri chiziq chizmoq. Bog‘cha bolasi va maktab o‘quvchisi maktabga borish yoki qaytishda ko‘chadagi daraxtlarni sindirsa, uy devorlariga chizib o‘tsa N. Safarov, Olovli izlar
Shtab boshlig‘i Yo‘ldosh yasama stolga mukka tushib, nimalardir chizardi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. 2. Tushirmoq, solmoq, tasvirlamoq (rasm yoki so‘z bilan). Rasm chizmoq. Yurtim, suratingni entikib chizsam, Sening suratingni chizsam, onajon! X. Davron.
Kumushning bu daqiqadagi holini qalam bilan chizib ko‘rsatish, albatta, mumkin emas edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bobur lirikasida ma’shuqa obrazi katta mahorat bilan chizilgan. O‘TA

3. s. t. t. Tizmoq, qator qilmoq. Qo‘shiq, boston sababin Chizib ketdi bittalab. G‘ayratiy
[Hoji] Otabekni epaqaga olish uchun unga kulgi tuyulgan bir qancha nasihatlarni chizdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. ko‘chma hma Ko‘rsatmoq, ko‘rsatib bermoq (yo‘l, reja va shu kabilarni). Men bir vaqt senga yo‘l chizib bergan edim-ku, shundan chiqma: Paxtani birinchi qo‘ldan ol. Dehqonlarga pulni qishda tarqat. Pul bilan oyog‘iga kishan ur. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.