Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chiziq}
So‘z bo‘g‘inlari: chi-ziq
Izoh(lar)i:
chiziq [[ chi-ziq ] ]

1. Yozadigan, chizadigan yoki yuqadigan narsalar qoldirgan iz. Yo‘g‘on chiziq. Ingichka chiziq. Bo‘r bilan chizilgan chiziq. Hassaning uchi bilan chizilgan chiziq. -

2. Shunday shakldagi yo‘l, iz. Beqasam chiziqlari. Yuz chiziqlari. -

3. Narsalarning chegarasini, joyla-shishini yoki borishini ko‘rsatuvchi yo‘nalish. Ham-ma daraxtlar bir chiziq ustida tekis saf tortib turadi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Sirtning ikki qo‘shni sohasidagi umumiy qism; uzluksiz qator nuqtalar majmui. To‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimida chiziq tenglamalarning turiga qarab ajrashdi. O‘zME

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Chiziqcha bilan yozish1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 51–56- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi imlo qoidasi to‘plami.

Quyidagi holda so‘z yoki uning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: 1.Juft so‘z va takror so‘z qismi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, o‘n-o‘n beshta (10-15ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.

1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘z ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;

2) juft so‘z qismi orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;

3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi.

2. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to‘ppa-to‘g‘ri, bab-barobar kabi so‘z shakli chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).

3. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismi chiziqcha bilan yoziladi: ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘z qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar kabi.

4. Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘z asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.

5. -chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-ey) yuklamasi chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-ey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina) yuklamasi o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keliboq, o‘ziyoq, ko‘rganov, ko‘rdiyov, mengina, qo‘shiqqina kabi.

6. Tartib son arab raqami bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7- sinf, 5-„A» sinfi, 3-, 7-, 8- sinf o‘quvchilari, 60- yillar, 1991- yilning 1- sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamidan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.