1. Xonani, joyni yoritish uchun xizmat qiladigan uy-ro‘zg‘or asbobi; lampa. Jin chiroq. Neon chiroq. Osma chiroq Bashirjon elektr chiroqlari porlab turgan katta yo‘ldan yurishga istihola qilibmi o‘zini qorong‘ilik qo‘yniga urdi. N. Aminov, Qahqaha
2. Mashina, televizor, radio va shu kabilarning yonib turuvchi qismi. Mashina motori gurullab, chiroqlari asfalt yo‘l, restoran devorlarini piypaslab o‘tdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
3. Farzand yoki yaqin odam. Chiroqqinam, shunday yomon tush ko‘rdim. Yusuf va Ahmad
1. Sham – chiroq – elektr – toki – quyosh Ma’nosiga ko‘ra (yorug‘lik miqdorinng oz-ko‘pligiga ko‘ra)